Yangilik! Saytning Android tizimida ishlovchi telefonlar uchun qulay bo'lgan mobil versiyasi ishga tushdi. Uni hoziroq "yuklab oling" Yuqori tezlikda ishlovchi kam traffik iste'mol qiluvchi qulay dastur.

Homiladorlik ta'tili nafaqasi ta'til boshlanganidan keyin nechi kunda berilishi kerak?

0 yoqtirishlar 0 yoqtirmasliklar
327 marta o`qilgan
so`raldi Ta'tillarda Abduqodir (3 ochkolar) tomonidan
Turmush o'rtog'im litseyda o'qituvchi bo'lib 2016-yil fevral oyidan beri ishlaydi. 2018-yil 15-yanvardan boshlab homiladorlik ta'tiliga chiqdi. Farzandimiz operatsiya (keserevo) yo'li bilan tug'ildi. Homiladorlik nafaqasi ta'tilga chiqqanidan so'ng 5 oy o'tib ham to'lanmadi. Moddiy yordam so'rab ariza bilan murojaat qilinganida ham ariza javobsiz qoldi.
Homiladorlik ta'tili nafaqasi to'lanishi muddati ta'til boshlanganidan so'ng nechi kun ichida berilishi lozim? Homildor ayol o'z ish joyidan moddiy yordam olishga haqqi bormi?

1 ta javob

0 yoqtirishlar 0 yoqtirmasliklar
javob berildi Azimjon (251 ochkolar) tomonidan
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 233-моддасига асосан аёлларга туққунга қадар етмиш календарь кун ва туққанидан кейин эллик олти календарь кун (туғиш қийин кечган ёки икки ва ундан ортиқ бола туғилган ҳолларда — етмиш календарь кун) муддати билан ҳомиладорлик ва туғиш таътиллари берилиб, давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақа тўланади.

Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 148-моддаси, 2-қисмига асосан таътил учун ҳақ тўлаш жамоа шартномасида белгиланган муддатларда, лекин таътил бошланмасидан олдинги охирги иш кунидан кечикмай амалга оширилади.

Ушбу норма талаблари доирасида турмуш ўртоғингизга ҳомиладорлик ва туғиш таътиллари учун давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақа таътил бошланмасидан олдинги охирги иш кунидан кечикмай тўлаб берилиши лозим эди.

Агарда турмуш ўртоғингиз меҳнат қилиб келган жамоа шартномасида юқоридаги каби вазиятда моддий ёрдам бериш кўзда тутилган бўлса моддий ёрдам берилиши керак.
Eng faol sayt a`zolari
bu oy:
  1. Otabekjonxon - 3 ochko
  2. Elbek - 2 ochko
  3. Salima888 - 1 ochko
  4. Ibratjon - 1 ochko
  5. Shohista - 1 ochko
Gute Mathe-Fragen - Bestes Mathe-Forum
Kadrovik.uz saytining "Savol-javob" bo'limiga xush kelibsiz. Savollaringizga mutaxassislar javob berishadi. Javoblar va huquqiy maslahatlar qonun kuchiga ega emasligini va davlat organlarida hamda sudda biror narsani asoslashda inobatga olinmasligini yodda tuting. Telegramda bog'lanish uchun rasmiy kanalimiz:

@kadrovik.uz

Avvalgi savol-javob bo'limiga o'tish uchun

Eski savollar ni bosing

Yangilik! Saytning Android ilovasini yuklab oling

Mashhur teglar

tatillar ish-haqi мехнат иш-вақти хомиладорлик-ва-туғиш-таътили dam-olish-vaqti ҳомиладорлик-ва-туғиш-таътили mehnat-shartnomasini-bekor-qilish haq йиллик-меҳнат-таътили таътили mehnat-shartnomasi меҳнатга-лаёқатсизлик tolash таътиллар mehnat-daftarchasi шарртномалар халқаро ishga-kirish isga-qabul-qilish mehnatga алимент соатбай йиллик меҳнат тугуш_таътилидан_ишга_кайтиш мехнат-интизоми dekret-tatili uzbek хужжатлари dasturshi ayollar-mehnati бўлими #xujjat бола-парвариши-таътили интизомий меҳнат-шартномасини-бекор-қилиш tatilga xizmat-safari меҳнат-шартномаси кадрлар ўқитувчи имтиёзли-пенсия 12 dekeretni-hisoblash меҳнат-дафтарчаси докторант tolaw ҳайфсан фойдаландим расчётний tugriq ozbek туғрисида - тез-ёрдам-ҳайдовчиси шартномаси-бекор-қилиш savollar bolalar-bogchasi 2yosh хомила нобут talaba-ish булиши иш-ҳақи pondlar маълумотнома ногиронлик прогул иш-даврида-ўқиш davolanish ярим_ставка tatilidan #internet #litzenziya #dizayner #dizayn дафтарчаси жазо бериладими malaka-toifasi ятт keyin на hujjat тулаш муддатли-меҳнат-шартномаси вақтинча-вазифа-бажарувчи салом ishsizlik-nafaqasi nafaqasi chet-elda-ishlash лавозим-йўриқномаси классификатор юклама педагогик malaka-oshirish бериш компенсация ijtimoy-himoya

Eng ko`p ko`rilgan savollar, oxirgi 3 kunda

  1. Hujjatlar toʻplami (0)
  2. Mehnat daftarchasi (0)
  3. Derret puli xisoblanish xaqida (0)
3 onlayn
0 sayt a`zosi va 3 mehmon
Bugungi tashriflar : 1773
Kechagi tashriflar : 2912
Barcha tashriflar : 1426401

Xuddi shunday savol-javob sayt yaratmoqchimisiz? Murojaat qiling.

E-mail: the-man@list.ru

Telegram: @aplyto
×

Bizning Facebook sahifamizga "Like" bosing!

Obunachimiz bo`ling!

...